Steffen Hofmann
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 9-sentyabr 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Würzburg, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.73 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | SK Rapid Wien (sport koordinator) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1985-1993 | 1. FC Kirchheim | ||
1993-1996 | Würzburger FV | ||
1996-2000 | Bayern Munich | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000-2002 | Bayern Munich II | 57 | (21) |
2001-2002 | Bayern Munich | 1 | (0) |
2002-2005 | Rapid Wien | 109 | (26) |
2005-2006 | 1860 Munich | 16 | (2) |
2006-2018 | Rapid Wien | 325 | (72) |
Milliy terma jamoa | |||
Germaniya U16 | 6 | (0) | |
Germaniya U17 | 12 | (1) | |
Germaniya U18 | 3 | (1) | |
2004 | Germaniya B | 3 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2018- | Rapid Wien (murabbiy/skaut) | ||
2020-2021 | Rapid Wien II (vaqtinchalik) | ||
2021 | Rapid Wien (vaqtinchalik) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Steffen Hofmann (talaffuzi: Steffen Xofman; 1980-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[1], faoliyatining katta qismini Avstriya Bundesligasining SK Rapid Wien jamoasida oʻtkazgan. Hozirda Rapid Wien klubida sport koordinatori sifatida ishlaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyat davrida Hofman oʻz shahrida klub — Würzburgerning yoshlar jamoasida oʻynagan. 1997-yilda „Bayern“ oʻsmirlar jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan chempionlikka erishgan. Germaniya yoshlar ligasida ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, 2000-yilda „Bayern“ning ikkinchi jamoasiga oʻtdi.
2002-yilda Hofmann Avstriyaning SK Rapid Wien jamoasiga qoʻshildi va tezda muxlislarning sevimli oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Andreas Ivanshits bilan birga liganing eng yaxshi yarim himoya duetini tuzdi va ikkalasi jamoanining 2005-yilda 31-liga chempionligiga va 2006-yilda UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqishiga munosib hissalarini qoʻshishdi. Jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egallagani va jamoadoshi Ivanshitzning transferidan soʻng, Hofmann 2006-yil yanvar oyida Germaniyaning TSV 1860 Munich klubiga oʻtishga qaror qildi. 2006-yil yozida Rapid Wienga qaytdi.
Hofmann klubining asosiy oʻyinchilaridan biri va sardori boʻldi. Shuningdek, darvozaga zarba berishdan koʻra, toʻpni yaxshiroq joylashgan oʻyinchiga uzatadigan oʻyinchi sifatida ham tanilgan.
2010-yil 21-oktabrda UEFA Yevropa ligasi o‘yinida Bolgariyaning SSKA Sofia klubiga qarshi oʻyinda gol urdi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Hoffman 2018-yilda isteʼfoga chiqdi[2].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstriya futbol assotsiatsiyasi 2005-yilda Avstriya milliy futbol terma jamaosida oʻynashga taklif berdi. Hofmann rozi boʻldi, lekin FIFA buni rad etildi, chunki Hofmann yoshligida Germaniya terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Ushbu voqealardan soʻng, Hofmann Avstriya fuqaroligini olmadi va 2005-yil oxirida Germaniya vakili sifatida Osiyo turniriga chaqirilgan. Ammo kasallik tufayli ishtirok eta olmadi va qiziqish bildirganiga qaramay, oʻshandan beri nomzodi qoʻyilmadi.
Hofmann butun professional faoliyati davomida hech qachon qizil kartochka olmagan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | Manba | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Bayern Munich II | 2000—2001 | Regionalliga Süd | 26 | 7 | — | — | 26 | 7 | [3] | ||
2001—2002 | 31 | 14 | — | — | 31 | 14 | [4] | ||||
Jami | 57 | 21 | 0 | 0 | 0 | 0 | 57 | 21 | — | ||
Bayern Munich | 2001—2002 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | [4] |
Rapid Wien | 2002—2003 | Austrian Bundesliga | 30 | 5 | 1 | 0 | — | 31 | 5 | [5] | |
2003—2004 | 27 | 10 | 2 | 0 | — | 29 | 10 | [5] | |||
2004—2005 | 32 | 8 | 3 | 2 | 4 | 2 | 39 | 12 | [5] | ||
2005—2006 | 20 | 3 | 0 | 0 | 9 | 2 | 29 | 5 | [5] | ||
Jami | 109 | 26 | 6 | 2 | 13 | 4 | 128 | 32 | — | ||
1860 Munich | 2005—2006 | 2. Bundesliga | 16 | 2 | 1 | 0 | — | 17 | 2 | [6] | |
Rapid Wien | 2006—2007 | Austrian Bundesliga | 19 | 1 | 0 | 0 | — | 19 | 1 | [5] | |
2007—2008 | 36 | 10 | — | 8 | 8 | 44 | 18 | [5] | |||
2008—2009 | 34 | 12 | 3 | 1 | 2 | 0 | 39 | 13 | [5] | ||
2009—2010 | 36 | 20 | 3 | 0 | 12 | 5 | 51 | 25 | [5] | ||
2010—2011 | 25 | 5 | 4 | 0 | 8 | 3 | 37 | 8 | [5] | ||
2011—2012 | 32 | 6 | 2 | 0 | — | 34 | 6 | [5] | |||
2012—2013 | 20 | 2 | 2 | 1 | 6 | 1 | 28 | 4 | [5] | ||
2013—2014 | 32 | 5 | 0 | 0 | 9 | 0 | 41 | 5 | [5] | ||
2014—2015 | 36 | 4 | 4 | 0 | 2 | 0 | 42 | 4 | [5] | ||
2015—2016 | 29 | 4 | 2 | 0 | 11 | 4 | 42 | 8 | [5] | ||
2016—2017 | 15 | 2 | 4 | 1 | 3 | 0 | 22 | 3 | [5] | ||
2017—2018 | 11 | 1 | 2 | 0 | — | 13 | 0 | [5] | |||
Jami | 325 | 72 | 26 | 3 | 61 | 21 | 412 | 96 | — | ||
Jami faoliyati | 508 | 121 | 32 | 5 | 74 | 25 | 615 | 151 | — |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayern Munich
- Yoshlar oʻrtasidagi Germaniya B chempionati: 1997-yil
Rapid Wien
- Avstriya Futbol Bundesligasi: 2004—2005, 2007—2008
- Intertoto kubogi: 2007-yil
Individual
- Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2004, 2009
- Krone yilning eng yaxshi futbolchisi (muxlislar tomonidan ovoz berilgan): 2006, 2007
- Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 2009—2010 (20 gol)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hofmann, Steffen“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
- ↑ „Servus und Danke: Steffen Hofmanns Abschiedsspiel“. SK Rapid (2018-yil 17-may). 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Steffen Hofmann“ (German). Fussballdaten.de. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Steffen Hofmann“ (German). Fussballdaten.de. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 5,13 5,14 5,15 „Steffen Hofmann » Club matches“. Worldfootball.net. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Hofmann, Steffen“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2014-yil 11-oktyabr.